Gvardiola eng “ishkal” futbolchisidan voz kechdi

  • 29 may, 19:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni sovrinsiz yakunlagan “Manchester Siti” tarkibni qayta shakllantirish siyosatini davom ettirish jarayonida ayrim mashhur yulduzlar bilan xayrlashishdan cho‘chimayapti.

Tecno

Xosep Gvardiola jamoaga qimmatga olib kelingan Jek Grilish bilan yozgi transferlar davrida xayrlashishga tayyor.

Chronicle Live nashrining yozishicha, manchesterliklar yarim himoyachiga narx belgiladi. Klub Grilish uchun 40 million funt tikkan klub bilan muzokara boshlaydi.

Ta’kidlash joizki, Jek Grilish “Aston Villa”da o‘ynab yurgan kezlari Angliyaning eng kuchli yarim himoyachisi darajasiga ko‘tarilgan. Shuning uchun ham “shaharliklar” bu o‘yinchini Premer-ligada rekord narx – 117,5 million evroga xarid qilgan edi.

Biroq Grilish 2021 yili Manchesterga ko‘chib o‘tganidan beri yuqori sport formasiga ko‘tarila olmayapti. Ekspertlar Jekni ichkilikka ruju qo‘yganlikda ayblab keladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Grilishga “Nyukasl” xaridor. Biroq “qarg‘alar” Grilishni olishi uchun futbolchi maoshi pasayishiga rozilik berishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!