Gvardiola: "Bu biz uchun yaxshi yangilik"

  • 21 dekabr, 2024, 13:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Manuel Akanji "Manchester Siti"ning asosiy guruhida mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqida jamoaning murabbiyi Xosep Gvardiola ma’lum qildi.

Tecno

 "Akanji mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu biz uchun juda yaxshi yangilik. Hozircha u kelgusi o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘ladimi, bilmayman. Kecha uning birinchi to‘liq mashg‘uloti bo‘ldi", - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz, Akanji "Manchester Siti"ning 12-turda Londondagi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Jamoaning keyingi o‘yini Angliya chempionatining 17-turida Birmingemning "Aston Villa" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!