Go‘zallar velopoygada qatnashdi (Fotogalereya)

BEPUL PROPAN

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi hamda “Asaka bank” ATB hamkorligida “Pandemiyani sport orqali birgalikda engamiz” shiori ostida velosport bo‘yicha spartakiada tashkil etildi.

Unda "Asaka bank"ning markaziy apparati va viloyatlardagi filiallarida faoliyat olib boradigan xodimlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa yurtimizda ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzini, xususan, yurtboshimiz ilgari surgan jismoniy tarbiya va sportni yanada targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!