
Golovinga "Monako"dan tashqari yana qaysi grand klublar taklif bildirishgan edi?
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin 2018 yilda "Monako"dan boshqa jamoaga ham o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra Golovinga "Monako"dan tashqari "Chelsi" va "Yuventus" ham taklif bildirgan. Xatto, "aristokratlar" rossiyalik futbolchini "JCh-2018"dan avval sotib olish istagini bildirishgan. Biroq, TsSKA bu boradagi takliflar 20 million evrodan kam bo‘lgani uchun rad javobini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr 2018 yilning yozida 30 mln evro evaziga "Monako"ga ko‘chib o‘tgan va Rossiya futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylangan edi.
Fikrlar