
Gollandiya terma jamoasi ustozi Ronalduni qanday to‘xtatish mumkinligini biladi
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman 9 iyun kuni Porutgaliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Millatlar ligasi final uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Shveytsariyaga qarshi o‘yinda Ronalda o‘zining fantastik futbolchi ekanini yana bir bor isbotladi. Bizning Portugaliyaga qarshi o‘yindagi vazifamiz – to‘pni saqlash. Agar to‘p bizda bo‘lsa, Ronaldu hech narsa qila olmaydi”, - deydi Kuman.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ronaldu Shveytsariyaga qarshi kechgan yarim final bahsida xet-trik qayd etgan edi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 9 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar