
Gimnastika. Oksana Chusovitina bugun Jahon kubogi medallari uchun bahs olib boradi
Boku shahrida o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichida bugun final bellashuvlari boshlanadi.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, bugungi kun dasturida ikki nafar hamyurtimiz bahs olib boradi. Jumladan, Oksana Chusovitina tayanib sakrash, Rasuljon Abdurahimov parallel brus dasturida medallar uchun kurash olib borishadi. Final bellashuvlari Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.
Fikrlar