
"GFC 30" turnirida o‘zbekistonlik jangchi ham oktagonga ko‘tariladi
4 dekabr kuni Moskva shahrida “GFC 30” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik Avliyo Hamidov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U mezbonlar vakili Oktyabrin Yakovlevga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Rossiya vakili professional faoliyati mobaynida 4 ta jang o‘tkazib,ularning ikkitasida g‘alaba qozongan va ikki bor mag‘lubiyatga uchragan. Hamyurtimiz esa, 12 ta jangdan 8 tasida g‘alaba qozongan, 3 ta mag‘lubiyat va bir durang qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Hamidov so‘nggi jangini Toshkentda “GFC 20” turnirida o‘tkazib, braziliyalik Luis Filoni ochkolar hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar