
Germaniyani yana bir yulduz tark etadi
“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos yaqinda boshlanadigan Evropa chempionatidan keyin Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashni o‘ylayotganini ma’lum qildi.
- Yakuniy qarorni Evropa chempionatidan keyin qabul qilaman. Bu masala turnirdan keyin puxta o‘ylab, bosh murabbiy bilan suhbatlashib, keyin hal etishim kerak, - dedi Toni Kroos.
Tajribali yarim himoyachi 2010 yildan beri o‘z mamlakati bosh jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U Germaniya terma jamoasi uchun 101 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan. Xalqaro faoliyati davomida jahon chempionati g‘olibi va sovrindori, Evropa chempionati bronza medali sohibi bo‘lgan.
Fikrlar