
Germaniyani taslim qilishda qahramon bo‘lgan Shomurodovning jamoadoshi tarixiy g‘alaba haqida nimalar dedi?
“Jenoa” klubi va Shimoliy Makedoniya terma jamoasi hujumchisi Goran Pandev “JCh-2022” Evropa mintaqasi saralashidan o‘rin olgan Germaniya terma jamoasiga (1:2) qarshi safarda qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, aynan Pandev ter Shtegen qo‘riqlagan darvozaga gol urib, jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.
“Ba’zan futbolda mo‘’jizalar sodir bo‘lib turadi. Jasoratli odamga baxt kulib boqadi. Bizning jamoamiz katta mehnat va fidoyilik uchun ulkan hurmatga loyiqdir”, - dedi Pandev.
Ortda qolgan 3 ta turdan so‘ng Shimoliy Makedoniya 6 ochko jamg‘argan holda guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam esa Armaniston terma jamoasi hisoblanadi.
Fikrlar