Germaniyada zo‘r futbolchi paydo bo‘ldi

  • 5 oktabr, 2024, 15:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyada yangi iqtilor egasi paydo bo‘ldi. “Bayer”ning 17 yoshli hujumkor futbolchisi Fransis Oneka grand klublar e’tiborini tortmoqda.

Tecno

Oneka hali asosiy jamoada debyutini o‘tkazgani yo‘q. Lekin yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarla muntazam o‘zini ko‘rsatib kelyapti.

Iqtidorli o‘yinchini “Real” skautlari nishonga oldi. Insayder Ekrem Konurning aytishicha, Oneka uchun kurashga “Chelsi” va “Bavariya” ham qo‘shildi. Uchalaga klub bu o‘yinchini tezroq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Fransis Oneka 18 yoshgacha futbolchilardan tarkib topgan Germaniya terma jamoasida ham sermahsullik ko‘rsatyapti. U terma jamoadagi uchta uchrashuvning barida raqiblar darvozasiga bittadan to‘p kiritgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!