Germaniya terma jamoasi a’zosi "Bavariya"ga o‘tadi

  • 31 may, 2021, 16:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Myunxengladbax klubi yarim himoyachisi Florian Noyxaus kelajak faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi.

Tecno

Bild nashrining ma’lum qilishicha, "Bavariya" rahbariyati "Borussiya" rahbariyati bilan 24 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosini 2022 yilda sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Noyxaus yangi 2021/22 yilgi mavsumni “Borussiya”da o‘tkazadi va shundan so‘ng Myunxen klubiga ko‘chib o‘tadi.

Florian Noyxaus joriy mavsum "Borussiya" safida jami 45 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Noyxaus Germaniya terma jamoasi safida sygral 5 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!