
Gennadiy Golovkin Entoni Joshuaning mag‘lubiyati sabablarini tahlil qildi
"Ushbu mag‘lubiyat sababini turlicha izohlash mumkin. Birinchidan, bu Joshuaning AQSh dagi birinchi jangi edi va jang afsonaviy “Madison Square Garden”da bo‘lib o‘tdi. Bu ham o‘ziga yarasha qo‘shimcha bosim yaratdi. Ikinchidan, Joshua birinchi bor turli hil doping sinov jarayonlardan o‘tdi va bu ham uning jismoniy va ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Bu uning uchun juda katta va muhim dars bo‘ldi. Joshuaga aynan nima bo‘lganligini aytish qiyin. Chunki men uning jamoasida emasdim. Lekin aytishim mumkinki u mazkur janga yaxshi tayyorlana olmagan edi. Bu esa, o‘zining bor imkoniyatini ishga solishga xalaqit berdi.
Shunga qaramay men Endi Ruisni yaxshi bilaman. U bilan birga mashg‘ulotlar o‘tkazganman. Shuning uchun ham uning g‘alabasi meni ko‘pam xayratga solmadi".
Fikrlar