
Gazizov O‘runovning "Ufa"ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
"Ufa" klubining sobiq bosh direktori Shamil Gazizov Oston O‘runovning jamoaga qaytishi haqidagi savolga mujmal tarzda javob qaytardi.
"Ufa"da men o‘zimni doim uydagidek his qilaman. Mazkur jamoa men uchun qadrdon jamoa sanaladi. Men "Ufa" bilan birgaman va umid qilamanki, bosh direktor Rinat Shaybekov mavsum so‘nggiga qadar ishlashiga va natija ko‘rsatishiga ishonaman. Shunisi to‘g‘ri bo‘ladi. Keldi-ketdi bilan yaxshi bo‘lmaydi", - dedi Gazizov.
Ma’lumot uchun, Gazizov 2020 yilning yoziga qadar Boshqirdiston klubida bosh direktor sifatida faoliyat olib borgan, so‘ng esa "Spartak"da xuddi shu lavozimni egallagan edi. Dekabrda esa u "qizil-oqlar" bilan xayrlashgan edi.
Rossiya Premer-ligasida ortda qolgan 19 turdan so‘ng "Ufa" jamoasi 13 ochko jamg‘argan holda 16 klub orasida 15-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar