Gattuzo APL klubida ish boshlashi mumkin

  • 17 yanvar, 2022, 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" rahbariyati italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzoni bosh murabbiylikka taklif qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, “irischilar” allaqachon 44 yoshli mutaxassisning agenti Xorxe Mendes bilan aloqaga chiqishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Everton" kecha Rafael Benitesni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqargan edi. Hozirda Mersisayd klubi uning o‘rniga murabbiy qidirmoqda.

Gattuzo tayinlanganidan uch hafta o‘tib "Fiorentina"ni tark etgan va iyun oyidan buyon ishsiz hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!