Gattuzo APL grandini boshqarishi mumkin

  • 17 iyun, 2021, 21:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Jennaro Gattuzo "Tottenxem" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” dastlab “Roma”ning sobiq ustozi Paulu Fonseka bilan kelishuvga erishgan, ammo yakunda shartnoma barbod bo‘lgan.

Romanoning ta’kidlashicha, gap soliqlar haqida ketmoqda. Italiyada Fonseka soliq imtiyozlariga ega edi, ammo ular Buyuk Britaniyada amal qilmaydi. "Tottenxem" bu farqni to‘ldirmoqchi emas edi, shuning uchun muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi.

Endi "Tottenxem" Jennaro Gattuzo bilan muzokaralr o‘tkazmoqda. Aytish kerakki, italiyalik mutaxassis bugun "Fiorentina" bilan shartnomani bekor qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!