Gari Nevill: "Donnarumma "Siti"ga katta ta’sir ko‘rsatmoqda"

  • 22 sentabr, 21:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi, hozirda "Sky Sports" tahlilchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Gari Nevill "Manchester Siti" posboni Janluiji Donnarummani maqtab o‘tdi.

Tecno

"Donnarummaga qarang, u haqiqiy hayvon. U ulkan. Zarbaga chiqqanda, hujumchilarni o‘ylantirib qo‘yadi, chunki ular hatto jarohat olib qolishi mumkin.

U ajoyib darvozabon. Men doim zavq bilan tomosha qiladigan posbonlardan biri. "Liverpul"da Alisson menga juda yoqqan, Rayya ham yaxshi, ammo men Donnarumma va Alissonni afzal ko‘raman. Men kuchli darvozabonlarni yaxshi ko‘raman – bu katta ahamiyatga ega.

Donnarumma ishida juda yaxshi. Albatta, xatolar qiladi, bu tabiiy. Ammo u to‘g‘ri ishlarni qiladi va "Manchester Siti"ga allaqachon katta ta’sir ko‘rsatdi", – dedi Nevill.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!