Gap boshqa yoqda ekan! “Barsa” inqirozining asl sababchisi aniq bo‘ldi

  • 2 noyabr, 10:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yangi chempionatda ayrim muammolarga duch kela boshladi va ashaddiy raqib “Real” bilan etarli darajada raqobatlasha olmayapti.

Tecno

Ayniqsa, La Liganing o‘ninchi turida kataloniyaliklar “el-klasiko”da madridliklarga imkoniyatni boy berganidan keyin jamoadagi kamchiliklar yuzaga chiqa boshladi.

RAC1 nashrining yozishicha, “Barselona” futbolchilari jismoniy tayyorgarlikdan har qachongidan ko‘proq norozi va bu holat jarohatlanish ko‘pligi hamda jamoa natijalariga ta’siri sezilayotganini ta’kidlamoqda.

Keyingi paytda futbolchilarning aksariyati jismoniy tayyorgarligini yuqori darajaga olib chiqish uchun shaxsiy murabbiylar bilan shug‘ullana boshladi. Chunki ular klubdagi jamoaviy mashg‘ulotlarda mushaklarni kuchaytirishga etarli e’tibor berilmayapti, deb hisoblamoqda.

O‘tgan mavsum jamoa jarohatlar kamligi bo‘yicha 2020 yildan beri eng yaxshi natijaga erishgan edi. Mavsum davomida atigi 20 ta jarohat qayd etilgan.  Ammo joriy mavsum oldidan klub sport direktori Deku o‘tgan yili jismoniy tayyorgarlikka mas’ul bo‘lgan bo‘lim tarkibdagi mutaxassislarni almashtirdi.

Buning oqibatida jamoaning jismoniy tayyorgarlik darajasiga putur etdi va jarohatlanish holatlari o‘tgan mavsumdagiga qaraganda ko‘paya boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!