"Galatasaroy" "Manchester Yunayted" futbolchisini ijaraga olmoqchi

  • 15 iyul, 2019, 18:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Fred faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fotomac nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Galatasaroy" klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Istanbulliklar uni ijaraga olishmoqchi. O‘z navbatida “qizil iblislar” ham uni bir mavsum ijaraga berib yuborishga tayyor. Faqat uning bir yillik ijarasi uchun 2 mln evro talab qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, MYu Fredni bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Shaxtyor”dan 59 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!