"G‘alabani to‘g‘ri tanlangan taktika evaziga qo‘lga kiritdik, Osiyo chempionligidan so‘ng o‘zimga bo‘lgan ishonch ortdi" - Sherzod Esonov

  • 4 aprel, 2023, 12:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” Superliganing 4-turida Toshkentdagi Jar stadionida “Olimpik”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muxlislarini quvontirdi.

Tecno

Mazkur bellashuvda Osiyo chempioni, iste’dod egasi Sherzod Esonov ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi  va o‘yinga juda yaxshi kirishib ketdi.

Uchrashuvdan so‘ng Esonov “Olimpik” klubiga qarshi o‘yin va qo‘lga kiritilgan Osiyo chempionligi xususida gapirdi.

- “Olimpik” klubiga qarshi bahsda Superligada debyutingizni o‘tkazdingiz va g‘alaba nimaning evaziga qo‘lga kiritildi, deb o‘ylaysiz?

- Avvalambor, qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan “Andijon” muxlislarini tabriklayman. Xudoga shukr, debyut o‘yinim g‘alaba bilan boshlandi. Biz g‘alabamizni to‘g‘ri tanlangan taktika evaziga qo‘lga kiritdik.

- Yaqinda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdingiz. Shundan so‘ng hayotingizda nima o‘zgarganini his qildingiz?

- Asosiy maqsadlarimdan biri amalga oshdi, Xudoga shukr. Qolaversa, ushbu muvaffaqiyatdan keyin o‘zimga bo‘lgan ishonch yanada ortdi.

- Siz uchun eng qiyin va murakkab uchrashuv qaysi bo‘ldi?

- Biz uchun eng qiyini bu Avstraliyaga karshi o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Chunki bu o‘yin jahon chempionati yo‘llanmasi uchun edi.

- Klubga qaytganingizda sizni ko‘tarinkilik bilan kutib oldilar. Aytish kerakki, yil boshidan beri “Andijon”ga endi qo‘shildingiz va qanday o‘zgarishlarni his qildingiz?

- Ha, klubda meni juda iliq kutib olishdi. Jamoamiz har doimgidek ahil va inoq.

- Osiyo chempionligi qo‘lga kiritilgani uchun sovg‘a qilingan mashinani o‘zingiz haydayapsizmi yoki...

- Yo‘q, sovg‘a qilingan mashinani dadamga berdim.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азиллохон
04/04/2023 18:58
маладес ота учун энг зўр совға негаки ота ўз мехнати самарасини кўргани шу илохим бизга хам насб этсин фарзандларимиз орқасидан шундай обрўлар олайлик