G‘alaba qozongan Mourino nimadan bunchalar norozi?

  • 24 sentabr, 2021, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya beshinchi turida “Udineze” ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini aytdi va jamoa sardori Lorentso Pellegrinining maydondan chetlatilishidan noroziligini bildirdi.

Tecno

- Mag‘lubiyatdan keyingi birinchi o‘yin hissiyot nuqtai nazaridan doimo qiyin bo‘ladi. Dastlabki 35 daqiqada joriy mavsumdagi eng sifatli o‘yinimizni namoyish qildik. Biz juda yaxshi himoyaga ega jamoani nazorat ostida ushlab turdik. Ko‘p qulay vaziyatlar bo‘ldi, biz bitta gol urdik.

Pellegrinining haydalishi? Men Italiya futbolining yuridik mexanizmlarini bilmayman. Agar imkoni bo‘lsa, apellyatsiya beramiz. Kimdir ikkinchi sariq kartochka adolatli bo‘lganini kafolatlay olishiga katta shubham bor. Pellegrinining yakshanba kungi o‘yinda ishtirok etishini ta’minlash uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak, - dedi Joze Mourino.

Jamoa sardori Lorentso Pellegrini ikki marta ogohlantirgani bois, o‘yindan haydaldi. U oltinchi turda Rim derbisi – “Latsio”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kerak.

Shomurodovga ogohlik qo‘ng‘irog‘i...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
24/09/2021 19:35
Jamoa sardoring undan oldin uzi chiqib ketishi kerak edi. chunki hujimni tuhtatib qoluvdi. shunchaki 2 chi sariq bergan vaqt tugri tortmasdi sariqqa lekin yigindisi bulgani uchun berdi.