
Frantsiya chempionatida to‘p suruvchi futbolchi koronavirus bilan reanimatsiyaga yotqizildi
Frantsiyaning "Monpele" klubi yarim himoyachisi Junior Sambiya ovqat hazm qilish va nafas olish bilan bog‘liq muammolari bilan kasalxonaga yotqizildi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi 20 aprel kuni shifoxonaga olib kelingan. Biroq, 23 aprel kuniga borib holati yomonlashgani bois uni jonlantirish bo‘limiga ko‘chirishdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Sambiyada koronavirus alomatlari bor. Biroq, “Monpele” hozircha bu borada rasman e’lon qilgani yo‘q.
Sambiya joriy mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar