
Futbol tarixidagi eng yirik hisob qaysiligini bilasizmi?
Futbol tarixidagi eng g‘alati o‘yinlardan biri 2002 yilning 31 oktyabrida Madagaskar chempionati doirasida “Adema” hamda “Stad Olimpik l'Emirn” jamoalari ishtirokida sodir bo‘lgan.
O‘sha bahsda “Stad Olimpik l'Emirn” jamoasi a’zolari hakamlarning adolatsiz qarorlariga norozilik sifatida o‘z darvozalariga naqd 149 ta avtogol urgan. Keyinchalik bu futbol tarixidagi eng yirik hisob qayd etilgan o‘yin sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Fikrlar