Frantsiyalik futbolchi PSJdan keyin "Manchester Yunayted"da o‘ynashi mumkin

  • 14 fevral, 2022, 17:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" o‘z tarkibini yangi futbolchi bilan kuchaytirishi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Kristofer Nkunku faoliyatini "tumanli albion"da davom ettirishi mumkin. Manchesterliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik uni yozda xarid qilinadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan.

Uning transferini aynan Rangnik istamoqda. U iyun oyida klub bilan shartnomasi yakunlanadigan Pol Pogbaga munosib o‘rinbosar bo‘lishi kutilyapti. Nkunkudagi sifatlar "qizil iblislar" o‘yiniga mos kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kristoferning "buqalar" bilan 2024 yilga qadar amal qiladigan kelishuvi bor. U PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!