
Frantsiya terma jamoasiga yangi sardor tayinlandi!
Darvozabon Ugo Loris Frantsiya terma jamoasidan ketganidan keyin jamoaga yangi sardor tanlandi.
Lequipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasining yangi sardori PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bo‘ldi. Bu qarorni “uch ranglilar” bosh murabbiyi Dide Desham qabul qilgan.
Mbappe 24 mart kuni Niderlandiyaga qarshi bo‘ladigan o‘yinda jamoasini sardor sifatida boshlab tushadi. Bu Evro-2024 saralash bosqichining 1-tur uchrashuvi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2017 yildan beri Frantsiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U terma jamoa tarkibida 66 ta maydonga tushib, 36 ta gol urgan.
Fikrlar