Formula-1 yangi avlod bolidlari 400 km/soat tezlikgacha chiqa oladi

  • 26 avgust, 20:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

2026 yilda paydo bo‘ladigan yangi avlod Formula-1 bolidi trassaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qismlarida 400 km/soatgacha tezlikka erisha oladi. Yuqori ko‘rsatkichlarga elektromotorlar quvvatini oshirish va faol aerodinamikani takomillashtirish orqali erishiladi.

Tecno

"Batareyalarning to‘liq quvvatidan foydalanilganda, biz deyarli 400 km/soat ko‘rsatkichga erishamiz", - deya "Mersedes" jamoasi rahbari Toto Volfning so‘zlarini keltirdi auto moto und sport. "Aston Martin"ning zaxiradagi haydovchisi Felipe Drugovich qo‘shimcha qildi: "Mashina burilishdan shunday katta tezlikda harakatlanadiki, go‘yo siz raketa ustida o‘tirgandek bo‘lasiz."

FIA ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilgi bolidlar hozirgi mashinalarga qaraganda qisqaroq, torroq va ixchamroq bo‘ladi. Old va orqa qanotlar shaklini o‘zgartiradi, ba’zi elementlar yo‘qoladi va faol aerodinamika to‘g‘ri chiziqlardagi qarshilikni kamaytirishga imkon beradi. Yangi avlod bolidlarining ichki yonuv dvigateli 575 ot kuchigacha, elektr motorlar esa 475 ot kuchigacha ega bo‘ladi, bu esa Formula-1 uchun rekord darajadagi Nyutonmetrlarnini beradi. Burilishlarda kamroq bosim kuchi va torroq shinalar tufayli tezlik pasayadi, ammo haydovchilar energiya oqimi va batareyani boshqarish taktikasini ko‘proq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!