"Football Italia": "Yuventus" qishdayoq o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi!

  • 19 yanvar, 2021, 01:13
  • Javokhir Azimov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovga "Yuventus" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.  Avvalroq, "Tuttosport" o‘z sahifasida bu haqda yozgandi. Endi yana bir mashhur portal hamyurtimizga Italiyaning amaldagi chempioni qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Tecno

"Xabarlarga ko‘ra, "Yuventus" hujumchi Eldor Shomurodov borasida "Jenoa" bilan bog‘langan. "Calciomercato.com"ning ta’kidlashicha, "byankonerilar" 2020 yil oktyabr oyida "Rostov"dan 7,5 mln evro evaziga kelgan hujumchi transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.

A Seriyadagi 12 o‘yindan so‘ng, 25 yoshli forvard 2 ta gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, ammo "grifonlar" vakilining o‘yini Italiya chempionati grandlarini hayratda qoldirdi. Xabarda aytilishicha, 4-hujumchi qidirayotgan "Yuventus" qishdayoq o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi", - deyiladi "Football Italia" xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
19/01/2021 08:20
Элдор бунаканги хабарлрга кулок тутма ва укима Ростовда нима булганини унутма Бу хабарлар Сенинг уйинингни чалгитишдан бошкага ярамайди Сенинг максадинг факат Женоада куп гол уриш клубни камида 10-8 уриндан жое олиш Колгани кийин ОМАДОМАДОМАД ГОЛГОЛГОЛ
19/01/2021 09:00
Toʻgʻri
Жамол Игамберлиев
19/01/2021 15:38
Женоада мавсумни тугатиш керак.
&
Lochinlarga baland parvoz ....
19/01/2021 07:45
Агар ушбу трансфер амалга ошса,унда факат Элдорга омад