Florentino Peres: "Biz klub gahaqiqiy afsonani olib keldik"

  • 12 iyun, 17:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning transferi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va klub bilan shartnoma imzoladi. Angliyalik futbolchi Madridda afsonaviy Marselo o‘ynagan 12-raqam ostida to‘p suradi.

Tecno

"Biz haqiqiy afsonani qo‘lga kiritdik. Trentning transferi bilan orzuyimiz ro‘yobga chiqdi. U dunyodagi eng buyuk klubi – "Real Madrid" safida o‘ynashga qaror qildi. Bizning "Liverpul" bilan aloqalarimiz juda yaxshi, ular bizning aziz do‘stlarimiz", – dedi Peres matbuot anjumanida.

"Liverpul" safida 8 mavsum o‘ynagan Trent Aleksandr-Arnold ikki marta Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqgan va bir marta Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning jamoasi eng nufuzli Evropa musobaqasi – Chempionlar ligasi finalida ikki marta aynan "Real Madrid"ga yutqazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!