Flik “Barsa”ga superfutbolchi olib berishni talab qilyapti

  • 18 sentabr, 05:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub rahbariyatidan yozgi transferlar vaqtida Angliya Premer-ligasining eng ishonchli himoyachilaridan Mark Gexini olib berishni talab qilyapti.

Tecno

25 yoshli angliyalik futbolchi “Kristal Pelas”da oxirgi mavsumini o‘tkazmoqda va klub bilan yangi shartnoma tuzishni rad etib kelyapti. Yozda Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” Gexini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi. Biroq transfer oxiriga etmay qoldi.

 El Nacional nashrining yozishicha, Xans-Diter Flik Mark Gexi uning jamoasiga har tomonlama mos tushishini ta’kidlayapti. Chunki Kataloniya klubi tarkibi ham muntazam o‘zgarishlarga duch kelmoqda.

Xususan, ikki hafta avval jamoani himoyachi Inigo Martines tark etdi. Yozda Andres Kristensen ham Kataloniyadan ketadi.

Germaniyalik bosh murabbiy Angliya Premer-ligasida pishgan himoyachini bejiz tanlamadi. Flikka Gexining etakchilik qobiliyati, to‘pni nazorat qilish mahorati va himoyachiga zarur bo‘lgan barcha sifatlarni o‘zida mujassam qilgani ma’qul kelgan.

 Bilan birga yozda erkin agentga aylanadigan Mark Gexiga Evropaning qator grand klublari ko‘z tikayotgani “Barselona”ga transferni amalga oshirishda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirishini inobatga olish lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!