"Flamengo" so‘nggi daqiqalarda kambek ko‘rsatdi va Libertadores Kubogini qo‘lga kiritdi

  • 24 noyabr, 2019, 16:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Libertadores Kubogining finalida "Flamengo" klubi Argentinaning "River Pleyt" jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Braziliyaliklar hujumchisi Gabriel Barboza bellashuvning 89 va 92-daqiqasida gollar kiritib, jamoasiga chempionlikni taqdim etdi.

Yana bir qiziq tomoni, uchrashuvda 2 ta gol urgan Barboza va "River Pleyt" futbolchisi Palasios 90-daqiqada maydondan chetlatilishdi.

1998/99 mavsumidagi Evropa Chempionlar Ligasi finalidagi ssenariyni eslatib yuboruvchi bellashuvda argentinaliklar 14-daqiqada gol urib, hisobda oldinda borishayotgan edi. Yodingizda bo‘lsa EChLning 1998/99 yilgi finalida ham "Bavariya" MYuni 1:0 hisobida yutayotgan pallada so‘nggi daqiqalarda inglizlar 2 ta gol kiritib, chempionlikni ilib ketishgan edi.

Ma’lumot uchun, finalda dubl qayd etgan Gabriel Barboza "Inter" futbolchisi hisoblanadi. U "Flamengo" safiga mavsum oxiriga qadar ijaraga o‘tgan.

Libertadores Kubogi

Final

"Flamengo" (Braziliya) – "River Pleyt" (Argentina) 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 14 Borre, 1:1 – 89 Gabriel Barboza, 2:1 – 90 Gabriel Barboza.

"Flamengo" – Diego Alves, Rodrigo Kayo, Mari, Rafinya, Filipe Luis, de Arraskaeta (Piris, 90), Everton Ribeyro, Arao (Vitino, 86), Jerson (Diego, 66), Gabriel Barboza, Bruno Enrike.

"River Pleyt" – Armani, Pinola, Kasko (Dias, 77), Montiel, Palasios, Martines, Peres, Fernandes (Alvares, 69), de la Krus, Borre (Pratto, 75), Suares.

Ogohlantirishlar: Kasko (30), Suares (45), Mari (54), Peres (71), Rafinya (80), Gabriel Barboza (90).

Chetlatishlar: Palasios (90), Gabriel Barboza (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!