Firdavs Norsafarov universitetlar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim final uchrashuvini boshqarib bordi
Ayni kunlarda Xitoyning Dalyan shahrida universitetlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zFHM matbuot xizmatini ma’lum qilishicha, turnirda o‘zbekistonlik FIFA referisi Firdavs Norsafarov ham ishtirok etmoqda.
Norsafarov "Ekonomiks" (Ukraina) va "Paulista" (Braziliya) jamoalari o‘rtasidagi yarim final o‘yinini boshqarib bordi.



Fikrlar