
"Fiorentina" futbolchisi og‘ir jinoyatda ayblanmoqda
Fiorentina yarim himoyachisi Erik Pulgar jinoiy mojaroga aralashib qoldi.
"Sport Mediaset" nashri bergan xabarga ko‘ra, 24 yoshli chililik ayol 25 iyun kuni shanbaga o‘tar kechasi futbolchining uyida zo‘rlangani borasida politsiyaga murojaat qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Chilining Los-Kondes kommunasida joylashgan klubda 10 kishilik guruh uni ichishga taklif qilgan. So‘ngra u hushini yo‘qotib, Pulgarning uyiga olib ketilgan. Ayol "Fiorentina" futbolchisi va uning sheriklarini nomusga tegishda ayblamoqda.
Bu vaziyatga Erikning o‘zi bayonot berib, taxmin qilingan jinoyatga aloqadorligi yo‘qligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, 20 nafar sherigidan birortasi g‘ayrioddiy narsani sezmagan va hamma o‘z uyiga ketgan. 28 yoshli yarim himoyachi huquq-targ‘ibot idoralari bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Fikrlar