
FIFAning yangilangan reytingida O‘zbekiston MTJ pastladi
FIFA terma jamoalarning mart oyidagi yangi reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Belgiya milliy terma jamoasi ochkolari sonini 6 taga ko‘paytirib, 1733 ball bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Uni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan frantsuzlarda 1732 ochko mavjud. Kuchli uchlikka 1669 ball bilan Braziliya MTJ yakun yasagan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyi reytingi bo‘yicha 95-o‘rinni band etgan. Hisobimizda 1254 ochko bor. Vadim Abramov shogirdlari Osiyo jamoalari orasida 14-pog‘onani egallagan. Bizdan oldinda Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Xitoy, BAA, Livan, Ummon, Iroq, Qirg‘iziston, Qatar terma jamoalari joy olgan.
Ma’lumot uchun, 18 fevral holatiga ko‘ra, "oq bo‘rilar" 85-o‘rinda edi.
Fikrlar