FIFA hakami yugurish tufayli olamdan o‘tdi

  • 5 avgust, 14:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vetnamlik FIFA referisi Chan Din Txin 43 yoshida vafot etdi. Hakamning o‘limi haqida Vetnam futbol federatsiyasi rasman ma’lum qildi.

Tecno

Manbada keltirilishicha,  Chan Din Txin hakamlar uchun majburiy hisoblangan mavsumoldi testlari doirasida chidamlilikni aniqlashga qaratilgan 4 kilometrga yugurish vaqtida hushidan ketgan.

Hakam shifoxonaga etkazilganiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.

- Vetnam futbol federatsiyasi Chan Din Txin vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Chan Din Txin mamlakatning eng zo‘r hakamlaridan biri hisoblanar edi. U shu yil hakamlar uchun tanlovda ikkinchi o‘ringa loyiq topilib, “Kumush hushtak - 2025” sovriniga ega chiqqandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!