
FIFA 23 simulyatsiyasi Qatardagi JChda qaysi jamoa chempion bo‘lishini taxmin qildi (foto)
"FIFA 23" jahon chempionatida qaysi jamoa g‘olib bo‘lishi borasida o‘z taxminlarini bildirdi.
"FIFA 23" kompyuter o‘yini yaratuvchisi "EA" simulyatsiyada Braziliya, Argentina, Frantsiya va Germaniya jamoalari o‘z guruhlarida muammosiz g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga yo‘l olishganini ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, AQSh jamoasi "B" guruhida g‘olib chiqadi va Angliya ikkinchi o‘rinni egalladi. “H” guruhidan Portugaliya va Janubiy Koreya terma jamoasi pley-offga yo‘l olishadi.
"FIFA 23" simulyatsiyasidagi JCh-22 final bosqichi ishtirokchilari va jadvali:
Shuningdek, JCh-22ning "Oltin to‘p"i Lionel Messiaga, "Oltin qo‘lqop" esa Emiliano Martinesga berilishini bashorat qilgan.
Rui Patrisiu (Portugaliya), Dominik Livakovich (Xorvatiya) va Alisson (Braziliya) bir xil ochko jamg‘argan bo‘lsa-da, yakunda Argentina terma jamoasi darvozaboni sovrinni qo‘lga kiritdi, chunki uning jamoasi turnirda oltin medallaga ega chiqishi taxmin qilinmoqda.
Qayd etilishicha, FIFA 2010, 2014 va 2018 yillardagi so‘nggi uchta jahon chempionatlari g‘oliblarini to‘g‘ri bashorat qilgan.
Fikrlar