FIDE World Cup 2025 Hindistonda bo‘lib o‘tadi

  • 30 avgust, 11:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

FIDE 2025 yilgi Jahon Kubogini Hindistonning Goa shahrida o‘tkazadi. Musobaqa 2025 yil 31 oktyabrdan 27 noyabrgacha davom etadi.

Tecno

Turnir nokaut formatida bo‘ladi: har bosqichda ikki klassik partiya o‘ynaladi, hisob teng bo‘lsa rapid va blits tay-breyklar orqali g‘olib aniqlanadi.

Ishtirokchilar soni 206 nafar; eng yuqori reytingli 50 shaxmatchi musobaqaga ikkinchi bosqichdan qo‘shiladi. Sovrin jamg‘armasi 2 million AQSh dollari. 1-2-3 o‘rin sohiblariga 2026 yilgi "Nomzodlar turniri"ga yo‘llanma beriladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!