
FIDE Grand Swiss 2025 – Samarqand! Kim qancha ishlab oldi?
Joriy yilning, 3–15 sentyabr kunlari Samarqand shahrida umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSh dollarini tashkil etgan nufuzli "FIDE Grand Swiss 2025" xalqaro shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda dunyoning 39 mamlakatidan jami 172 nafar kuchli va mashhur shaxmatchilar ishtirok etdi. Shundan 116 nafar erkak va 56 nafar ayol shaxmatchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bordilar.
Birinchi o‘rinni niderlandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri egalladi va 90 000 dollar mukofot pulini ishlab oldi.
Erkaklar o‘rtasida TOP-10 natija:
1. Anish Giri (Niderlandiya) – 8 ochko
2. Mattias Blyubaum (Germaniya) – 7,5 ochko
3. Alireza Firuja (Frantsiya) – 7,5 ochko
4. Vintsent Keymer (Germaniya) – 7,5 ochko
5. Abhimanyu Mishra (AQSh) – 7 ochko
6. Erigaisi Arjun (Hindiston) – 7 ochko
7. Endi Vudvord (AQSh) – 7 ochko
8. Hans Mok Nimann (AQSh) – 7 ochko
9. Nihal Sarin (Hindiston) – 7 ochko
10. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) – 7 ochko
Ayollar o‘rtasida TOP-10 natija:
1. Vaishali Rameshbabu (Hindiston) – 8 ochko
2. Kateryna Lagno (FIDE) – 8 ochko
3. Bibisara Assaubaeva (Qozog‘iston) – 7,5 ochko
4. Tan Zhongyi (Xitoy) – 7,5 ochko
5. Song Yuxin (Xitoy) – 7,5 ochko
6. Ulviyya Fatalieva (Ozarbayjon) – 7 ochko
7. Irina Krush (AQSh) – 7 ochko
8. Mariya Muzichuk (Ukraina) – 7 ochko
9. Guo Qi (Xitoy) – 6,5 ochko
10. Olga Girya (FIDE) – 6,5 ochko
Musobaqada shiddatli partiyalar, yorqin g‘alabalar va kutilmagan burilishlar kuzatildi. O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov TOP-10 talikdan munosib o‘rin egalladi.
Fikrlar