Felish "Chelsi"da qolishi mumkin

  • 28 aprel, 2023, 21:42
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"da ijara asosida to‘p surayotgan Joau Felish yozda Madridga qaytishi kerak. Ammo u APLda qolishi ham mumkin. "Aristokratlar" portugaliyalik vingerning ijara muddatini uzaytirishni istamoqda, deya xabar berdi "Sun Sport" nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Felishning o‘zi ham "matraschilar" tarkibiga borib qo‘shilishni xohlamayapti. U qishki transferlar oynasida Simone bilan janjal sababli, klubni tark etgandi. 23 yoshli futbolchi argentinalik murabbiy jamoadan ketsa, qaytishi mumkin. 

Ma’lumot uchun Joauning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda o‘z nihoyasiga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!