Fazliddin G‘oibnazarov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi (foto)

  • 14 iyul, 2022, 23:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekistonda professional boks bo‘yicha yangi tashkil etilgan Lift Promotions kompaniyasi so‘nggi yillarda ringdan biroz uzoqlashgan bokschimiz Fazliddin G‘oibnazarov bilan shartoma imzolaganini mag‘lum qildi. Ushbu kompaniya oldinroq boshqa bir taniqli bokschimiz Mirazizbek Mirzahalilov bilan ham hamkorlikni e’lon qilingan edi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, avgust oyida O‘zbekistonda ushbu kompaniya tomonidan katta professional boks oqshomi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Orginfo.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya ta’sischisi Imamov Ravshan Zunnunovich (Rapid Pro Sports MChJ) bo‘lib, kompaniya rahbari sifatida Shodixodjaev Akromxodja Alixodjaevich ko‘rsatilgan. Manbalarga ko‘ra, bu kompaniyaga O‘zbekiston professional bokc federatsiyasiya vitse prezidenti G‘ofur Rahimov homiylik qiladi.

IMG_20220714_232255

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!