Fayzullaev Rossiyada, Hamrobekov O‘zbekistonda yil rekordini o‘rnatdi!

  • 23 dekabr, 2024, 17:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol tadqiqodlari markazi – CIES Football Observatory butun jahon bo‘yicha milliy ligalar va terma jamoalar (milliy, U-23, U-21) uchun 2024 yilda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Tecno

Reytingga tadqiqot ob’ekti bo‘lgan jami 66 ta ligadan eng ko‘p o‘yin vaqtiga ega bo‘lgan yigirma nafardan futbolchi kiritildi.

Jahon miqyosida maydonda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan futbolchi “Barselona” va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde bo‘ldi. 2024 yilning boshidan 15 dekabrigacha bo‘lgan davrda tajribali futbolchi hammasi bo‘lib 69 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5872 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Kuchli uchlikdan Braziliyaning “Fluminense” klubida o‘ynayotgan Kolubiya terma jamoasi o‘yinchisi Jon Arias (67 ta o‘yin, 5599 daqiqa) hamda “Real” hamda Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde (66 ta o‘yin, 5573 daqiqa) joy oldi.

Xorijda to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha TsSKA hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevga teng keladigani topilmadi.

21 yoshli yarim himoyachimiz Rossiya Premer-ligasida ishtirok etayotgani bois, reytingga mana shu chempionat vakili sifatida kiritildi. Fayzullaev Rossiya Premer-ligasi vakillari orasida 2024 yil davomida eng ko‘p maydonda harakat qilgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Legionerimiz jami 58 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3942 daqiqa to‘p tepgan. Bu reytingda Abbosning nafaqat TsSKA, balki O‘zbekiston milliy va U-23 terma jamoalarida o‘tkazgan bellashuvlari ko‘rsatkichlari ham kiritilgan.

Rossiya Premer ligasi o‘yinchilari orasida Fayzullaevdan keyingi o‘rinlarni “Spartak Moskva” va Kosta-Rike terma jamoasi hujumchisi Manfred Ugalde (53 ta o‘yin, 3799 daqiqa), “Krasnodar”ning braziliyalik legioneri Diego Kosta (50 ta o‘yin, 3787 daqiqa), “Dinamo Moskva” va Paragvay terma jamoasi himoyachisi Fabian Balbuena (43 ta o‘yin, 3707 daqiqa) hamda “Krasnodar” va Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Eduard Spertsyan (46 ta o‘yin, 3691 daqiqa) egalladi.

CIES Football Observatory ekspertlari O‘zbekiston Superligasi o‘yinchlari reytingini ham e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mavsumni “Navbahor”da o‘tkazgan Odilbek Hamrobekov birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Tajribali yarim himoyachi namanganliklar safidagi o‘yinlardan tashqari O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchrashuvlarida ham faol qatnashdi. 28 yoshli futbolchimiz yil davomida jami 47 marotaba maydonga tushib, jami 4114 daqiqa o‘ynagan.

Boshqa biror futbolchimiz yil davomida Hamrobekovdan ko‘p o‘ynagani yo‘q. Superligamiz vakillari orasidan kuchli uchlikka O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – “Nasaf”  himoyachisi Sherzod Nasrullaev (41 ta o‘yin, 3462 daqiqa) hamda “Navbahor” o‘yinchisi Farrux Sayfiev (40 ta o‘yin, 3435 daqiqa) kiritildi.

Goli Nzolaga yozilgan, qoshi yorilgan Husanovning o‘yinini Evropada qanday baholashdi? (foto)

Ana xolos: Husanovning transferiga qarshi chiqishmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!