Fayzullaev “Real” –“Siti” o‘yinida qaysi jamoa yutishini aytdi!

  • 19 fevral, 22:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Futbol jamoatchiligi tez orada boshlanadigan “Real” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvini kutmoqda.

TsSKA yulduzi Abbosbek Fayzullaev bu uchrashuvdan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.

- “Manchester Siti” hozir qiyin davrlarni boshdan o‘tkao‘moqda. Ularda jarohatlanganlar juda ko‘p. Birinchi o‘yinni ko‘rgandim.

“Real” baribir Chempionlar ligasining qiroli.  Ular har doim nimalargadir erishib keladi. Agar ular 0:2 hisobida yutqazayotgan bo‘lsa ham, odam bu jamoa kambek qilishga qodirligiga ishonib, shuni kutadi. Chunki ular buni ko‘p bor uddalagan.

Bir so‘z bilan aytganda, “Real” bu “Real”. Bu jamoa dastlabki uchrashuvda 3:2 hisobida zafar quchgan va javob o‘yinini o‘z uyida o‘tkazishi ham ularning imkoniyatini oshiradi.

Lekin barchamiz “Manchester Siti” yutishini va Abduqodir Husanov keyingi bosqichga chiqishini istaymiz, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Komil Xorazmiy
19/02/2025 23:17
madrid 0-2 siti
Holdorov Behzod
19/02/2025 22:47
Madrid 1-3 City
Urolov Sharif
20/02/2025 09:38
Реал Мадрид шубхасиз кучли жамоа. Хеч кимдан куркмай уйнайди. Факат битта жамоа бор. У билан уйнаганда химояси сочилиб кетади. Ёки атайлаб шундай киладими тушунмайман....
Baxil Alihuja
19/02/2025 23:25
интервью аббосни сузларига ухшамайди.
хуш нима килибди, реал булса?
яхши тренер ва уртача таркиб билан бемалол ютиш мумкин!
купгина куркок тренерларни шундай фикрлаши туфайли, уйиндан аввал юткизиб булади