
Fayzullaev kuchli ligaga ketadi!
Rossiya futbolini yoritib kelayotgan SOCCER.RU sayti ekspertlari Premer-liganing eng kreativ va maydonda erkin ijodkor rolini muvaffaqiyatli bajarayotgan o‘yinchilarini aniqladi.
O‘z jamoasi g‘alabalarida muhim ahamiyat kasb etadigan, yuqori texnikasi bilan ajralib turadigan charm to‘p ustalari har bir jamoada topiladi.
Mashhur sayt ekspertlari ana shunday futbolchilar qatoriga TsSKA hujum chizig‘ini yuqori darajada ushlab turgan Abbosbek Fayzullaev ham kiritildi.
SOCCER.RU sayti talqiniga ko‘ra, Premer-liganing eng kreativ etti futbolchisi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Maksim Glushenkov (“Lokomotiv”, Rossiya) – 22 ta uchrashuv, 6 ta gol, 11 ta assist.
Abbosbek Fayzullaev (TsSKA, O‘zbekiston) – 17 ta uchrashuv, 3 ta gol, 8 ta assist.
Eduard Spertsyan (“Krasnodar”, Armaniston) – 22 ta uchrashuv, 9 ta gol, 6 ta assist.
Klaudino (“Zenit”, Braziliya) – 23 ta uchrashuv, 3 ta gol, 6 ta assist.
Martin Kramarich (“Sochi”, Sloveniya) – 20 ta uchrashuv, 5 ta gol, 5 ta assist.
Benxamin Garre (“Krilya Sovetov”, Argentina) – 15 ta uchrashuv, 8 ta go, 3 ta assist.
Joao Bitello (“Dinamo”, Braziliya) – 16 ta uchrashuv, 5 ta gol, 2 ta assist.
SOCCER.RU sayti ekspertlari Abbosbek Fayzullaevning o‘yiniga quyidagicha izoh berdi:
- Xvicha Kvaratsxeliyani “Rubin” futbolkasida ko‘rganlar o‘shandayoq, Gruziyadan kelgan texnika ustasining Rossiya Premer-ligasida uzoq vaqt ushlanib qolmasligini bilishgan edi. O‘zbek futbolchisi bo‘yicha ham xuddi shu prognozni bildirish mumkin – TsSKA qanot hujumchisi atigi 20 yoshda va tez orada kuchli ligaga ketadi!
Voqealarning bunday rivojlanishi o‘yinchining o‘sishi uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir. Chunki osiyolik vunderking Rossiya Premer-ligasida osonlikcha eng jangovar darajaga ko‘tarildi.
“Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvda Abbosbek Fayzullaev jamoasining uchala golida ishtirok etdi, raqib darvozasiga to‘rt marotaba zarba berdi va jamoadoshlariga to‘rtta xavfli vaziyat yaratib berdi.
Bugungi kunda jahon futbolida asosiy e’tibor hujumga qaratilgan va keskin harakatlana olish qadrlanayotgan pallada huddi Lionel Messi kabi Abosbek Fayzullaevning kamtarona jismoniy gabaritlariga skautlar umuman e’tibor qaratmaydi.
Texnikasi kuchli bu futbolchi ko‘plab nufuzli klublarga kerak bo‘ladi. Tabiiyki, qiziqish bildirgani aytilayotgan “Bavariya”ga borishga hali biroz erta, shuning uchun ham, hujumkor o‘yinchilarga albatta joy topiladigan “Bayer” kabi klublarning asosiy tarkibida to‘p tepgan ma’qul. Ayniqasa, kelayotgan yozda Florian Virtsning jamoadan ketish ehtimoli oshib borayotganini inobatga olganda buning imkoni bor. Osiyoliklardan Son Xin Min ham avval Leverkuzenda mahorat oshirgan va hozir Angliya Premer-ligasining afsonalaridan hisoblanadi, - deb yozdi SOCCER.RU sayti.
Masharipov chempion bo‘ladimi yoki O‘runov?
Husanov g‘alabani ta’minladi, unga to‘qnash kelganlar devorga urilgandek bo‘ldi!
Husanov eng zo‘rlar qatorida “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar!
Fikrlar