
Farruh Sayfiev: "Navbahor"ga qarshi o‘yin oson bo‘lmaydi
Xabaringiz bor "Paxtakor" Coca-Cola Superligasining 8-turida "Navbahor"ga qarshi bahs olib boradi. Bo‘lajak bahs oldidan "sherlar" himoyachisi Farruh Sayfiev klub matbuot xizmatiga o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bellashuvga yaxshi hozirlik ko‘ryapmiz. Chempionlar Ligasi bahsidan keyin yana mashg‘ulotlarga qaytdik. Tarkibdagi yigitlar bilan yana bir muhim to‘qnashuvga tayyorgarlik olib boryapmiz. Barcha yaxshi kayfiyatda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
"Navbahor" yaxshi shakllangan jamoa. Shu sababli o‘yin biz uchun oson bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Biz doimgidek har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Nasib qilsa, muxlislarimizni chiroyli futbol va g‘alaba bilan xursand eta olamiz deb umid qilaman.
Fikrlar