
Falkao yangi mavsumni "Galatasaroy"da boshlashi mumkin
“Monako” klubi forvardi Radamel Falkao faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli kolumbiyalik futbolchiga “Galatasaroy” klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ma’lumotlarga qaraganda turk klubi allaqachon ushbu transfer masalasida muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, Falkao o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 15ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Falkaoga “Valensiya” va “Atletiko” Madrid singari ispan grandlari, shuningdek, Xitoy va Saudiya Arabistoni klublaridan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar