
Falkao Osiyo klublaridan biriga o‘tishi mumkin
“Galatasaroy” klubi hujumchisi Radamel Falkao jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Turkiya grandi 35 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan joriy yozgi transferlar davridayoq xayrlashmoqchi. Unga esa MLS, Qatar va Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy qiziqishlar bor.
Radamel “Galatasaroy” tarkibida 2019 yilning sentyabridan buyon o‘ynab kelmoqda. U istanbulliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.
Falkao Turkiya Superligasining o‘tgan mavsumida 17 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar