
Falkao "Galatasaroy"dagi debyut o‘yinida gol urdi
"Galatasaroy" Turkiya Superligasining navbatdagi turida "Kasimpashey"ga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi
E’tiborlisi, uchrashuvdagi yagona golni 38-daqiqada Radamel Falkao kiritdi. Bu esa kolumbiyalik futbolchi uchun turk klubidagi debyut o‘yin bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Falkao “Galatasaroy”ga joriy yoz erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi va 3 yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar