
Fakt! "Qo‘qon-1912" biror marta "Lokomotiv"ni mag‘lub etmagan
Qo‘qon klubi matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 9 marta to‘qnash kelishgan. “Lokomotiv” o‘yinlarning 5 tasida zafar quchgan, 4 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 19-8, “Loko” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Temiryo‘lchilar” 19 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 4 tani tashkil etadi.
Qo‘qonda o‘tkazilgan barcha uchrashuvlari:
09.07.2018 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:2
17.05.2017 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:1
30.05.2016 “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” 1:3
16.10.2015 “Qo‘qon -1912” – “Lokomotiv” 2:2
Hakamlar
O‘zbekiston Liga kubogi 2-tur bellashuvlarida ishlaydigan rasmiylar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Qo‘qondagi bellashuvni Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Liga kubogi. “S” guruhi
2-tur. 3 iyul, chorshanba
“QO‘QON-1912” — “LOKOMOTIV”
Hakamlar: Z. Qodirov, O. Jumaev, R. Samandarov
Nazoratchi: A. Tambovtsev
Komissar: E. Baxtiyorov
Boshlanish vaqtlari
"Qo‘qon-1912" – “Lokomotiv” uchrashuvi, bugun Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda soat 18:00 da start oladi.
Fikrlar