Ey Xudo, Neymardan o‘zing asra!

  • 19 noyabr, 2024, 14:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning mashhur klublaridan biri “Botafogo” prezidenti Dursesio Mello mashhur o‘yinchisi Neymarni jamoaga qo‘shish niyati yo‘qligini aytdi.

Tecno

- Ey Xudo, O‘zing asra! Neymar men ko‘rgan eng zo‘r o‘yinchilardan biri, u Messi bilan bir darajada va Krishtianu Ronaldudan ancha yaxshi.

Lekin Neymar o‘z karerasini o‘zi barbod qildi va buning kulminatsiyasi bir yildan oshiq vaqt davomini uni futboldan uzoqlashtirgan jarohat bo‘ldi. Endi u yanada jarohatda, - dedi Dursesio Mello.

32 yoshli futbolchi “Al-Hilol” bilan xayrlashishga harakat qilmoqda. U uzoq tanaffusdan keyin atigi ikki uchrashuvda bir necha daqiqa harakat qildi. Mushaklari yana shikastlanishi oqibatida bir necha hafta davolanishiga to‘g‘ri kelyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!