
Evropaga yo‘l olgan Jasur Yaxshiboev chempion jamoada o‘ynaydi!
O‘tgan mavsumda Belarus chempioni bo‘lgan Jasur Yaxshiboev faoliyatini yana Evropada davom ettiradigan bo‘ldi.
Belarus chempionatida “Energetik-BGU” va “Shaxtyor” jamoalari sharafini himoya qilgan o‘zbek legioneri mavsumning eng foydali futbolchisi, deb e’tirof etilgan va to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi endi Polshaning etakchi klublaridan hisoblangan “Legiya” bilan shartnoma tuzishi kutilmoqda.
Jasur ayni paytda Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib turibdi va bu erda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
“Legiya” Polshaning amaldagi chempioni hisoblanadi. 1916 yilda tuzilgan ushbu klub faoliyati davomida 14 marotaba mamlakat chempionati g‘olibi bo‘lgan. O‘n uch marta kumush va o‘n to‘rt marotaba bronza medalga ega chiqqan.
“Legiya” Polshaning ichki musobaqalarida jami 37 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar