
Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang kecha Evropa ligasining 1/16 final javob bahsi doirasida bo‘lib o‘tgan "Benfika"ga (3:2) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
31 yoshli gabonlik futbolchi UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Evropa ligasida haftaning eng zo‘r futbolchisi deb topildi. Aytish kerakki, ushbu nominatsiyaga Obameyangdan tashqari Dele Alli ("Tottenxem"), Alfredo Morelos ("Reyndjers") va Andreas Linde ("Molde") nomzodlari ham bor edi.
Fikrlar