
Evrokuboklardagi ishtirok De Bryuynening qaroriga ta’sir ko‘rsatmaydi
Sport arbitraj sudi "Manchester Siti"ning Evropa Chempionlar ligasidagi ishtirokini ikki mavsumga cheklash bo‘yicha qabul qilingan qarorni kuchda qoldirsa ham, belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuyne "shaharliklar" tarkibini tark etmaydi.
Arbitraj sudining yakuniy qarori dushanba kuni e’lon qilinadi. Oldinroq, FIFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun "Manchester Siti"ni ikki mavsumga Evrokuboklardan chetlatgan edi. Bundan tashqari, tashkilot klubga 30 million evro miqdorida jarima jazosi qo‘llagan.
Shuningdek, CAS "Siti"ning apellyatsiyasini qanoatlantirishi haqida ham xabarlar tarqalmoqda.
Joriy mavsumda De Bryuyne "Siti" libosida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar